Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida sog‘liqni saqlash sohasida simulyatsion ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan “SIMULCON 2026” xalqaro konferensiyasining uchinchi kuni o‘z ishini boshladi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov, shuningdek, xorijiy va mahalliy ekspertlar, soha mutaxassislari,kafedramiz professor o’qituvchilari, magistrlar hamda talabalar faol ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida tibbiyot ta’limida zamonaviy simulyatsion texnologiyalar, klinik ko‘nikmalarni shakllantirish, innovatsion o‘quv metodlarini joriy etish hamda xalqaro tajribalarni almashishga qaratilgan ma’ruzalar, muhokamalar va amaliy sessiyalar tashkil etladi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar sog‘liqni saqlash tizimida simulyatsion ta’limning ahamiyati, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilinadi.

Ta’kidlash joizki, “SIMULCON 2026” konferensiyasi tibbiyot ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy simulyatsion markazlar faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.