Hurmatli hamkasblar va talabalar!
Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 18-aprelda Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tadigan “Klinik laborator diagnostikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, muammolar va yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy оnlayn konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. Anjumanning maqsadi Toshkent tibbiyot akademiyasi olimlari, magistrantlar va doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talabalarining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini kengaytirishdir.
O‘tkazish vaqti: Anjuman 2023-yil 18-aprel kuni soat: 10:00 da (ZOOM videodasturi vositasida) boshlanadi.
Ma’lumot uchun tel: Kurbonova Zumrad Chutbayevna +998 971454654

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.