Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi “Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  PQ-38-son  qarorining bajarilishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi “Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  PQ-38-son  qarori  8-bandida  “Tibbiyot  xodimlarining  kasbiy etikasini takomillashtirish. Tibbiyot xodimlarining (ish joyida) kasbiy etika bilan bogʻliq koʻnikmalarini rivojlantirish, shifokor sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni oshkor  qilmaslik  masalalari  boʻyicha  qisqa  muddatli  oʻquv  mashgʻulotlari tashkil etildi. TTA barcha fakultetlarining “Klinik laborator diagnostika” ixtisoslashtirish kursi tinglovchilari uchun “Bioetika” fani oʻquv dasturlari rejasiga mazkur qarorning tegishli bandlari mohiyatini tushuntirish bo’yicha ma’lumotlar kiritildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.