Joriy yilning 6-oktabr kuni «Gematologiya,transfuziologiya va laboratoriya ishi» kafedrasi assistentlari Raimova Durdona Akbaraliyevna va Yusupov Bilol Nodir o’g’lilar hamrohligida «Tibbiy biologiya» yo’nalishi 4-bosqich talabalari Toshkent shahridagi «Muqumiy» teatriga tashrif buyurishdi. Teatrda saxnalashtirilgan «Nodirabegim» spektakli talabalarga manzur bo’lib, ma’naviy hordiq chiqarishdi. Talabalar ushbu spektakldan bir olam ta’asurot bilan qaytishdi. Ustozlarga minnatdorchilik bildirilib yana shunaqa ma’naviy kunlar o’tkazilishiga kelishib oldilar
