Toshkent davlat tibbiyot universiteti (ToshDavTU) va Privoljsk ilmiy tibbiyot universiteti (PITU) o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlik dasturi doirasida 2025-yil 30-sentabrdan 7-oktabrgacha ToshDavTU delegatsiyasining Nijniy Novgorod shahriga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

Delegatsiya tarkibi:

Kurbonova Zumrad Chutbaevna — Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor;

Sayfutdinova Zuxra Abdurashidovna — Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi;

Saydullayev Asliddin Shuxratovich — ToshDavTU Biotibbiyot texnologiyalari markazi (BTM) ilmiy xodimi;

Soy Mark Konstantinovich — ToshDavTU BTM ilmiy xodimi.

2025-yil 30-sentabr soat 20:10 da ToshDavTU delegatsiyasi Nijniy Novgorod shahridagi V.P. Chkalov nomidagi xalqaro aeroportga yetib keldi. Mehmonlarni PIMU vakili Solovyov Aleksandr Aleksandrovich kutib oldi va tashkiliy masalalar hamda transport bilan ta’minladi. Shu bilan birga delegatsiya tashrif dasturi bilan tanishib chiqdi va keyingi uchrashuvlar rejasini muhokama qildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.