• yil 1-oktabrda ToshDavTU delegatsiyasi PIMU Pediatriya institutiga (Semashko ko‘chasi, 22-uy) tashrif buyurdi. 09:00 dan 12:00 gacha Eksperimental onkologiya va biotibbiy texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Hujayra texnologiyalari laboratoriyasida Yegorixina M.N. rahbarligida ekskursiya o‘tkazildi. Yegorixina M.N. laboratoriya jihozlari, hujayra kolloniyalarini o‘stirish bokslari, steril xonalar, steril xonalarga kirish uchun shlyuzlar, ventilyatsiya qoidalari, CO2 inkubatorlar, fluorestsent mikroskopiya va hujayra yashovchanligini baholash tizimlari bilan tanishtirdi.
  • Shuningdek, hujayra terapiyasi, regenerativ tibbiyot va ushbu yo‘nalishda qo‘shma tadqiqotlarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. 12:00 dan 14:00 gacha hujayra kolloniyalarini o‘stirish bo‘yicha amaliy eksperiment o‘tkazildi, so‘ngra molekulyar-genetik laboratoriyaga tashrif amalga oshirildi. Shirokova I.Yu. bu laboratoriyada PZR-tahlili va sekvenslash uskunalari namoyish etdi. Molekulyar genetika yo‘nalishini rivojlantirish doirasida ITI xodimlari tomonidan genetik polimorfizmlarni aniqlash, gen ekspressiyasini tahlil qilish hamda olingan ma’lumotlarning klinik talqinini ta’minlash uchun korrelyatsion bog‘liqlik, statistik modellarga asoslangan ilmiy tadqiqotlarni faol olib bormoqda. Alohida e’tibor genetik tashxislash uchun yangi protokollar ishlab chiqish, natijalarni statistik qayta ishlash, xalqaro indeksatsiyalangan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilmoqda, mahalliy grantlarda ishtirok etilmoqda, laboratoriyada ishlab chiqilayotgan texnologiyalar uchun patentlar rasmiylashtirilgan, mikroRNKni ajratish usuli ishlab chiqilmoqda.

  • 15:15 dan 16:30 gacha PIMU Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Bojkova Ye.D., PIMU Klinikasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Galova Ye.A. va PIMU Vladimir filiali direktor o‘rinbosari Donchenko Ye.V. ishtirokida ishchi guruh bilan ilmiy ishlar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ikki tomonlama hamkorlik, stajirovka dasturlari va qo‘shma ilmiy konferensiyalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
  • 17:00 da delegatsiya PIMU xalqaro stomatologiya fakulteti mexmonxonasiga  tashrif buyurdi. Talabalar bilan uchrashuv samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Delegatsiya yotoqxona xonalari, o‘quv va maishiy sharoitlar bilan tanishdi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.