2025-yil 3-oktabr 09:00 dan 10:00 gacha Sirotkina M.A. rahbarligida Eksperimental onkologiya va biotibbiyot texnologiyalari instituti laboratoriyalari bo‘yicha ekskursiya o‘tkazildi. Tadqiqot yo‘nalishlari o‘sma o‘sishini modellashtirish va to‘qima regeneratsiyasi. 10:00 dan 12:00 gacha jigar rezeksiyasi bo‘yicha eksperiment kuzatildi. Tadqiqot metodikasi va operatsiyadan keyingi kuzatuv muhokama qilindi. Konfokal mikroskopda jigar to‘qimasi va hujayralari ko‘rildi.

14:00–14:50 — 3-o‘quv binosida biofotonika bo‘yicha ochiq ma’ruzada ishtirok etildi. 14.50 dan 15.30 gacha ToshDavTU professori Z.Ch.Kurbonova tomonidan “Molekular biologiya va hujayra texnologiyasi” magistratura talabalariga “Qon sitologiyasi” nomli ochiq ma’ruza o‘qildi.
16:15 da PIMU rektori, professor Karyakin N.N. bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Universitetlarning tajriba almashinuvini davom ettirish, magistrlar orasida tajriba almashinuvi, hujayra texnologiyasini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-amaliy grantlar, publikatsiyalar, kitoblarni chop etish va yosh olimlar uchun maktablar tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.











