Toshkent davlat tibbiyot universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 10 ta jamoa hamda 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlar faol ishtirok etishdi.
🔺 Bellashuvlar yuqori kayfiyat, do‘stona muhit va murosasiz kurashlar ostida o‘tib, har bir uchrashuvda har bir ishtirokchining birdamligi, sport mahorati hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
🔺 Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni oshirishga xizmat qildi.
Kafedramiz o’qituvchisi Tojiboyeva Dildora Abdujalilovna ham mazkur musobaqada faol ishtirok etib faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Mazkur g’alaba bilan Dildora Abdujalilovnani kafedramiz nomidan samimiy muborakbod etamiz. Yutuqlar bardavom bo’lsin.











