Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi va Olmazor tumani Oltinsoy mahallasiga “Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish” nomli tadbir o`tkazishdi.

Joriy yilning 4-yanvar kuni TTA Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi xodimlari dots. Kurbonova Z.Ch., k.o‘. Musaeva N.B., Kurbanova G.Ch. Sayfutdinova Z.A., Zaynutdinova D.L., Bekchanova N.I., Tairova G.B., Nuriddinova N.F., Karimova A.A. lar Olmazor tumanidagi Oltinsoy mahallasiga tashrif buyurishdi. Dastlab kafedra xodimlari mahalla raisi Mirzabayev A.M. bilan tanishishdi.  Tibbiyot xonasi, kutubxona, ma’naviyat xonasi, manaviyat burchaklari va mahalla faollariga yaratilgan shart – sharoitlar bilan tanishib chiqdilar.

Kafedra professori Babadjanova Sh.A. mahalla faollariga sog‘lom turmush tarzi, dotsent Z.Ch. Kurbonova ratsional ovqatlanish, k.o‘. Musaeva N.B. kamqonliklar, etiopatogenezi, Zaynutdinova D.L. kamqonliklarning klinikasi, Sayfutdinova Z.A. temir tanqis anemiya laborator diagnostikasi, Tairova G.B., Nuriddinova N.F., Karimova A.A. turli xil anemiya shakllarini tasxislash, Kurbanova G.Ch. anemiyalarni bartaraf etish yo‘llari, Bekchanova N.I. anemiyalar profilaktikasi haqida kerakli ma’lumotlarni berdilar. Barcha mahalla faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va kerakli xulosa chiqarganliklarini ta’kidladilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.