Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi “Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-38-son qarorining bajarilishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi “Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-38-son qarori 8-bandida “Tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasini takomillashtirish. Tibbiyot xodimlarining (ish joyida) kasbiy etika bilan bogʻliq koʻnikmalarini rivojlantirish, shifokor sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik masalalari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. TTA barcha fakultetlarining “Klinik laborator diagnostika” ixtisoslashtirish kursi tinglovchilari uchun “Bioetika” fani oʻquv dasturlari rejasiga mazkur qarorning tegishli bandlari mohiyatini tushuntirish bo’yicha ma’lumotlar kiritildi.