Bugun 30.01.2026 yil Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi» kafedrasi hamda 2-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining «Laboratoriya va Gigiyena» kafedrasi o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Kafedra xodimlari Phd, dotsent Islamova Zulfiya Saidg’anixo’ja qizi va katta o’qituvchi Musayeva Nargiza Baxtiyarovna texnikumning «Hamshiralik ishi» yo’nalishi 2-bosqich talabalariga «Kamqonlik» mavzusida seminar suxbati o’tkazildi. Mazkur seminar davomida kamqonlikning turlari, etiologiyasi, klinik belgilari, diagnostik usullari, davolash va profilaktik choralari yoritib berildi. Kasallikning aholi ayniqsa homilador ayollar orasida keng tarqalgan dolzarb muammo ekani alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek kamqonlik rivojlanishiga olib keluvchi omillar jumladan moddalar almashinuving buzilishi, noto’g’ri ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilmasligi va ijtimoiy omillarning ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Ma’ruza yakunida mavzu yuzasidan savol-javoblar o’tkazildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar taqdim etildi. Ma’ruza yuqori saviya tashkil etildi va o’quvchilarning nazariy bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi. Texnikum ma’muriyati tomonidan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilarga minnatdorchilik bildirildi.

 

Kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasida texnikumning «Laboratoriya ishi» trening xonasida kafedra assistentlari Musakov M.S, Raimova D.A va Yusupov B.N lar tomonidan «Qon guruhini aniqlash» mavzusida amaliy mahorat darsi o’tkazildi. Mazkur mashg’ulot davomida zamonaviy laboratoriya standartlari asosida qon guruhini aniqlash tartibi va uslubi namoyish etildi hamda amaliy jihatdan tushuntirib berildi. O’quvchilar mashg’ulotlarda faol ishtirok etdilar. Mahorat darsi yuqori saviyada tashkil etildi va o’quvchilarning amaliy bilim hamda kasbiy ko’nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.