Katta oʻqituvchi Shokirova F.J. 1 davolash fakulteti 324-a guruh talabalari bilan
3-fevral 2026 yil Aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyning kiraverish qismida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan axborot kommunikasiya texnikalari haqida hikoya qiluvchi ko’rgazma va axborot kommunikasiya texnikalari joylashtirilgan. Ekspozisiyani xatlar tashiydigan arava va ot xaykali davom ettirdi.
XX asrda va hozirda ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan taklifnomalar va xatjildlar, markalar tarixi haqida hikoya qilindi. Muzey ekskursiyachisi teleminoralar haqida juda qiziqarli maʼlumotlar berdi. Talabalar bu tashrifdan katta ta’surot,  juda foydali ma’lumot va ko’nikmalar bilan qaytishdi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.