Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi xodimlari  7- son talabalar turar joyi (TTJ)

105 va 107-xonalarga dotsent Islamova Z.S., katta o‘qituvchi Musayeva N.B., assistentlar Berdiyeva X.X., Raimova D.A., Musakov M.S., Yusupov B.N lar tashrif amalga oshirishdi.

Tashrif davomida talabalar turar joyidagi talabalar  bilan yaqindan tanishildi, komendant Ro‘zmetov Suxrob O‘rinboy o‘g‘li 1-qavat xorijiy fakultet talabalari uchun ajratilganligi va yaxshi sharoitlar tashkil etilganligini aytib o‘tdi. Ayniqsa kutubxonada barcha adabiyotlar mavjud bo‘lib, talabalar istagan vaqtlarida foydalanishlari mumkin.

Talabalar bilan o‘quv zalida yig‘ildik, ularni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdik.

Xonalar koʻzdan kechirilib, muammolari o‘rganildi. Talabalar bilan suhbat qilinib tozalikka alohida e’tibor qaratishlari kerakligi ogohlantirildi. Sababsiz dars qoldirmaslik ta’kidlandi.  Talabalarga o‘zini qadrlash, o‘zini to‘g‘ri tutish, ijtimoiy tarmoqlardagi nojo‘ya axborotlardan ehtiyot bo‘lish haqida tushuntirishlar berildi. Suhbat davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.