Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasida «Konstitutsiya — asosiy qonun» mavzusida tadbir o’tkazildi.

Konstitutsiya davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.


Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.
Tadbir davomida talabalarga konstitutsiya to’g’risida ma’lumot berildi.

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.