09.01.2024 yil soat 08.00 da tibbiy biologiya yo‘nalishi 4-kurs 404-guruh talabalariga integratsion ma’ruza o‘tkaziladi. Mavzu: “Uglevod almashinuvi, uglevodlarni tekshirish usullari. Glyukoza almashinuvi, glyukozani tekshirish usullari”. Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti, Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi professori Babadjanova Shaira Agzamovna, dotsenti Kurbonova Zumrad Chutbayevna, Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi professori, b.f.d. Inoyatova Feruza Xidoyatovna.
Manzil: ТТА 2-o‘quv bino, 4-qavat, 402-xona, Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi.