2025-yil 2-oktabr 09:00 dan 10:00 gacha Farmakognoziya va farmatsevtik kimyo kafedrasiga tashrif buyurildi. Jukova O.V. kafedraning farmakologik kollektsiyasi va mahalliy o‘simlik xomashyosi asosidagi fitopreparatlar bo‘yicha ishlanmalar bilan tanishtirdi. 10:00 dan 14:00 gacha PIMU Fundamental tibbiyot institutiga tashrif buyurildi. Muxina I.V. Delegatsiyani Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va klinik oldi tadqiqotlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga biokimyoviy va toksikologik tahlil uskunalari, shuningdek biotahlil uchun kompleks sinov imkoniyatlari namoyish etildi. Jumladan elektron mikroskopiya va uning imkoniyatlari o‘rganildi.

15:30 da 4-o‘quv binosiga tashrif buyurildi va Zarubenko P.A. Eksperimental tibbiyot ilmiy-ta’lim markazi faoliyatini tanishtirdi. U molekulyar biologiyadan tortib, kasalliklarning eksperimental modellari ishlab chiqilishini o‘z ichiga olgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot berdi.











