Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti «Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi» kafedrasi katta oʻqituvchisi F.J.Shokirova va dotsent D.S.Matkarimovaning Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining
“Kasbiy fanlar” kafedrasida  manaviyat soati oʻtkazishdi. Bunda OITS ga qarshi birga kurashaylik
Har yili 1 dekabrda butun dunyo boʻylab OITS ga qarshi kurashish kuni nishonlanadi. Bu kun 1988 yil jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan va shu vaqtdan boshlab bu xavfli kasallik bilan kurashishda birlik va xamdardlik ramzi xisoblanadi.
OITS-bu inson immuntanqislik sindromidir. Virus qon, sperma, vaginal sekret va xomilador onadan bolaga yuqadi. U organizm immun tizimini buzib, uni infeksiya va oʻsmalarga beriluvchan qilib qoʻyadi. Davolashsiz OITS olimga olib keladi. OITS nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muaamodir. Kasallik insonlarni diskriminasiya, zoʻravonlik, qarshilik bilan yuzlashtiradi. OITV bilan yashovchi insonlar koʻpincha tibbiy yordam, mexnat va taʼlim olishda qarshiliklarga duch kelishadi. Shu sababli OITS bilan kurashish kuni nafaqat muammoga eʼtibor qaratish, balki OIV bilan xayot kechirayotgan insonlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kundir. U har birimizni ushbu insonlarga xamdardlik va empatiya chaqirishga, oʻzimizning va atrofdagilarni, yaqinlarimizning sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlishga, qadrlashga chaqiradi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.