Toshkent tibbiyot akademiyasining Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi xodimlari  3 kurs Tibbiy biologiya fakulteti 303 guruh talabalari bilan birga Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Xiyobonda o‘zbek adiblarining ijodi to‘g‘risida talabalarga maʼlumot berildi. Jumladan Hamid Olimjon, Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi. Bu adiblarning asarlarida vatanga muhabbat mavzusi keng yangragan. Talabalar tomonidan unutilmas satrlardan misollar keltirildi. O‘tkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarning qalbida chuqur iz qoldirdi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.