Guruh rahbarlari :  Kurbanova Z.Ch., Qurbanova G. Ch., Tojiboyeva D,A va 303-301 guruh talabalari muzeyga ta’shrif buyurib .Aloqa muzeyiga tarixi haqida ma’lumot olishdi.

Muzeyning kiraverish qismida O’zbekistonda ishlab chiqarilgan axborot kommunikatsiyasi texnikalari haqida hikoya qiluvchi stend va axborot kommunikatsiya texnikalari joylashtirilgan. Ekspozitsiyani xatlar tashilgan arava va ot haykali davom ettiradi yigirmanchi asrda hozirda ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan otkritka va konvertlar,markalar tarix haqida hikoya qiladi. Muzey ekskursovodi teleminoralar haqida juda qiziqarli ma’lumotlar beradi.

Ikkinchi qavatda har bir mobil aloqa kompaniyalari: ucell, beeline, ums o’z kompaniyalar haqidagi ko’rgazmalar va bannerlarni muzeyga taqdim etishgan.Aloqa bo’limida ishlatilgan shtamlar tarozilar ,hisoblash mashinalari,pochta qutilari joylashtirilgan. Bu bo’limning davomida O’zbekiston Respublikasining  birinchi prezidenti I.A. Karimov so’zlagan birinchi mobil telefonlari ko’gazma sifatida saqlanmoqda . Birinchi telegraf va telefon appratlari bilan mini ATC joy olgan. Eski va yangi avlod televizorlari, kompyuterlari,to’g’risida muzey xodimlari to’liq ma’lumot berib o’tdi. Talabalar tashrifdan katta ta’surot oldilar.

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.