Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi o‘qituvchilari va magistr yoshlari bilan Toshkent shahar “Oʻzbek milliy akademik drama teatri” ga tashrif buyurishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oʻzbek milliy akademik drama teatri 1913-yil Toshkentda tashkil topib, 1914-yilning 27-fevralida M.Behbudiyning «Padarkush» asari bilan ochilgan (jadidlarning «Turon» nomli teatr truppasi spektakli). Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy, maʼnaviy va moddiy homiylari Munavvarqori Abdurashidxonov singari Toshkentning moʻʼtabar kishilari tashkil etgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, teatr faoliyatida keskin oʻzgarishlar roʻy berdi. Ijodiy jamoa har tomonlama erkin ish yuritish, repertuar tuzish imkoniyatiga ega boʻldi. 2001-yil 21-sentabrdan teatr nomi oʻzgartirilib, «Oʻzbek milliy akademik drama teatri» deb atala boshlandi. Jamoa zamonaviy mavzuda spektakl yaratish bilan birga buyuk tarixiy shaxslar, qatagʻon qurbonlarining badiiy timsolini yaratishga eʼtibor kuchaytirdi.
Natijada U.Shekspir zamondoshi K.Marloning «Sohibqiron Temur» dramasi oʻzbek sahnasida ilk bor sahnalashtirildi, A.Oripovning «Sohibqiron Temur» dramasi, U.Azimovning Choʻlpon hayotidan hikoya qiluvchi «Kunduzsiz kechalar» tomoshabinlarga taqdim etildi. «Jar», «Xotinlar gapidan chiqqan hangoma», «Sabʼai sayyor», «Alisher Navoiy», «Abulfayzxon», «Mehrobdan chayon», «Chimildiq», «Qalliq oʻyin», «Mashrab», «Muhabbat sultoni», «Daraxtlar tik turib jon beradi», «Hamlet», «Qirol Lir», «Yetti faryod» va boshqalar soʻnggi yillar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. Yoqub Ahmedov, Rixsi Ibrohimova, Erkin Komilov, Tolib Karimov, Saidkomil Umarov, Tesha Moʻminov, Zuhra Ashurova, Jamshid Zokirov, Gavhar Zokirova, Madina Muxtorova, Tohir Saidov, Uchqun Tillayev, Muqaddas Xoliqova, Saida Rametova, Raʼno Yarasheva va boshqalar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrda biz “Keldiyu ketti” spektaklidan baxramand bo’ldik.